速報APP / 音樂與音效 / Sarvar va Komil, Benom guruhi qo's

Sarvar va Komil, Benom guruhi qo's

價格:免費

更新日期:2018-11-09

檔案大小:45M

目前版本:1.0

版本需求:Android 4.1 以上版本

官方網站:mailto:wsmedia18@gmail.com

Email:https://telegra.ph/Privacy-Policy-11-09-16

Sarvar va Komil,  Benom guruhi  qo'shiqlari(圖1)-速報App

Sarvarbek Azimov va Komil Fozilov O`zbek shou biznesida o`z o`rniga ega bo`lgan va ommalashgan "Benom" guruhi asoschisi."Benom" guruhi o`rta osiyoning mashhur kompaniyalaridan biri bo`lgan «Tarona Records» kompaniyasining eng taniqli va omadli loyihalaridan biri hisoblanadi.

O`zbek estradasining ko`pgina san`atkorlariga qo`shiqlar, matnlar, videokliplar, yangi yo`nalish va yangi g`oyalar yaratib berishda yetakchil hisoblangan "Benom Media Production" brendining asoschi va a`zolari.

Sarvar Azimov va Komil Fozilov ikki yuzdan ortiq har xil yo`nalishdagi qo`shiqlar yaratgan va bu taronalarning aksariyati xit darajasiga ko`tarilib, ko`plab sovrinlar va mukofotlarga loyiq topilgan.O`z qo`shiqlari muallifligidan tashqari o`zbek estradasining yorqin yulduzlari ijrosidagi xit qo`shiqlarning muallifi ham xisoblanadi. Jumladan: Shahzoda, Rayhon, Lola, Munisa Rizayeva, Zarina Nizomiddinova, Asal Shodiyeva, Shoira Otabekova, Shahlo Ahmedova, Gulsanam Mamazoitova, Sardor Rahimxon, Davron Ergashev, Shahriyor, Jasur Gaipov, Parviz, Sherbek Shodiyev va boshqa o`zbek estradasining ko`plab san`atkorlari...

Guruhning birinchi mualliflik qo`shig`i "Qizaloq" 2010 yilda barcha radioto`lqinlarda jarangladi va oz vaqt ichida

ushbu qo`shiq xit darajasiga yetib uzoq vaqt xit paradlarda yuqori o`rinni egallab turdi.

Undan keyingi qadam "Lola" qo`shig`i ham huddi shunday darajaga yetib

O`zbek estradasida xitmeyker degan taxallusga ega bo`lishga sababchi bo`ldi va shundan so`ng

guruh tomonidan yaratilgan har bir qo`shiq xit darajasiga yetib kelmoqda.

2011 yil "Benom" guruhi uchun juda muvofaqqiyatli va ijodga boy bo`ldi,

koncert gostrollar har xil ijodiy safarlar.

"Benom" guruhi nafaqat O`zbekistonda balki boshqa chet davlatlarda o`zining yakkaxon koncert dasturlarini

taqdim etishdi.

2013 Yilda "Benom" Guruhi o`zining ilk "Dard" nomli musiqiy to`plamini taqdim etishdi, chunki aynan "Dard" taronasi

guruhning juda yuqori cho`qqilarni zabt etishida beqiyos bo`ldi,shuning uchun ham to`plam nomi aniq edi. Aksariyat ijodkorlarda

bo`lgani kabi bu tarona guruhning "tashrif qog`ozi" ga aylandi va "Dard" musiqiy to`plami shu yilning eng xaridorgir to`plamlari

qatoridan joy olib, guruhning eng ommabop va yoshlarbop bo`lishini ta`minladi.Benom guruhining qo`shiqlari sof muhabbat,ishq tuyg`ular

va bir-biriga bo`lgan haqiqiy sadoqat haqida kuylanganligi uchun tinglovchilari tomonidan alohida e`tirof etildi va o`zbek estradasida

yangi yonalish paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Kun ora gastrollar, uyqusiz tunlar va ijodiy safarlarga qaramasdan guruh vakillari

nafaqat o`zlariga, balki o`zbek estradasi yoqrin yulduzlariga ham qo`shiq yaratishda ulgurishmoqda.

Ushbu ilovada Benom guruhining:

- 18-bekat

Sarvar va Komil,  Benom guruhi  qo'shiqlari(圖2)-速報App

- Ayt

- Baxtli bo`l

- Balki tun

- Bedoringman

- Dard

- Erkalay

- Eslamading

- Fevral

- Kechalar feat Shahzoda

- Lola

- Nega

- Notanish qiz

- Ortingga qara

- Qizaloq

- Sen yig`lama

- Sensiz

- So`nggi bor

- So`rama

- Telbaman

- Tun

- Xazon

Sarvar va Komil,  Benom guruhi  qo'shiqlari(圖3)-速報App

- Yog`adi yomg`ir qo`shiqlari joy olgan.